Ishchi guruh faoliyati: Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishildi

06.10.2022, 11:07

Ishchi guruh faoliyati: Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishildi

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “KHANTEX CROUP” MChJda O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Yangi O’zbekistonda - yangicha dunyoqarash” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi vakili, partiya viloyat Kengashi apparat xodimlari, faxriylar, deputatlar va partiya faollari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – aholining keng qatlamiga O'zLiDeP g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilishdan iborat.

Partiyaning Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sardorbek Maripov tadbirda so‘z olarkan, o‘tayotgan har bir kun mamlakatimizda o‘zgarishlarga boy kunlar bo‘layotganligi, yurtimizda keyingi olti yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi bugun shaharlarimizda, uzoq qishloqlarimizda o‘z aksini topayotgani, amalga oshirilayotgan ushbu o‘zgarishlar jarayonlarida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham o‘zining munosib ushlushini qo‘shib kelayotganligini alohida e’tirof etdi.

Albatta, bu borada qo‘lga kiritilayotgan o‘zgarishlar xalqimizning buyuk qudratiga, qolaversa shu islohotlarga ishonib o‘z partiyasi atrofida birlashgani tufayli qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardir. Aynan shu tufayli ham O'zLiDeP uzoq yillardan beri bir shiorni o‘ziga bosh shiorlardan biri sifatida bilib kelmoqda: “Birgalikda biz kuchmiz!”, - dedi u o‘z so‘zida.

Shuningdek, xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi deputatlari ham so‘zga chiqib mamlakatimizda bo‘lgani kabi tuman hayotida ham mislsiz o‘zgarishlarga boy bo‘lgani, qisqa vaqt mobaynida qurilgan o‘nlab yangi ijtimoiy ob’ektlar, soni tobora oshib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, zamonaviy va shinam uy joylar, qishloqlar, mahallalarda bo‘layotgan bunyodkorlik ishlariga to‘xtaldi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida mazkur korxona ishchi xodimlarining 100 nafari safdoshlarimizga aylandilar va korxona qoshida partiyaning quyi bo‘g‘ini tuzilib,  guvohnomalar topshirildi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+