O’zLiDeP Buxoro viloyati Kengashining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

11.10.2022, 11:18

O’zLiDeP Buxoro viloyati Kengashining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

O’zLiDeP Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishida viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, raislari, apparat rahbarlari, partiya faollari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan partiyaviy ishlar atroflicha muhokama etildi. Partiya viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat  Kengashi deputati Farmon Aminov hisobotida ta’kidlanganidek, tadbirkor, fermerlar, shuningdek aholining bir qator qatlamlari manfaatlarini himoyalashda qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlar va xotin–qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, mahalliy  kengashlardagi deputatlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish orqali partiya elektoratini qiynab kelayotgan  muammolar yechimini izlab topishda muayyan natijalarga erishilgan. Bu boradagi amaliy ishlar natijadorligini ayniqsa Buxoro shahri, G’ijduvon, Vobkent tumanlarida ko‘rish mumkin.

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan mutasaddi idora va tashkilotlarga 625 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. Deputatlik guruhlari tomonidan 80 nafar mansabdor shaxsning eshituvlari amalga oshirilgan. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari sessiyalariga 51 ta masala kiritilgan.

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan joylarda saylovchilar ishtirokida 1307 ta uchrashuv  o‘tkazilib, ularda aholini qiynab kelayotgan 1058 ta masalaning 935 tasi ijobiy hal etib berilgan. Bir qator murojaatlar atroflicha o‘rganish va maqbul yechim topish maqsadida vakolatli idoralarga yuborilgan.

Viloyatda partiya a’zolari safini kengaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida a’zolar soni 61729 nafarga yetkazilgan. Partiya quyi bo‘g‘inlari soni 14 taga ko‘payib, endilikda 837 tani tashkil etib turibdi .

Yig‘ilishda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi raxbari Nasim Alimov ham ishtirok etdi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+