Targ‘ibot samara beryapti

15.10.2022, 10:52

Targ‘ibot samara beryapti

O'zLiDeP Namangan viloyat kengashi ishchi guruhi a’zolari Kosonsoy tumanidagi "Barkas teks" MChJ korxonasida ham uchrashuv o‘tkazdilar. Korxona sexlaridagi ish jarayonlarni ko‘zdan kechirdilar. Ishchilar bilan muloqot qildilar. Ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Xalqaro maydonda, mamlakatimizda ruy berayotgan yangiliklar, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-kuvvatlashga oid qabul qilingan qonunlar haqida so‘zlab berdilar. Siyosiy partiyalar orasida O'zLiDePning o‘rni, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar.Muloqot jarayonida korxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

O'zLiDeP viloyat Kengashi ishchi guruhi a’zolari Mingbuloq tumanidagi 2-viloyat sil kasalliklari shifoxonasida ham bo‘ldilar. Bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shifoxona xodimlari bilan suhbatlashdilar. Mamlakatimizda, dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar, O'zLiDeP ning dasturiy maqsadlari, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo‘llab-kuvvatlashga oid loyihalari haqida tushuncha berdilar.

Muloqotda bildirilgan ma’lumotlar ularda yaxshi taassurot koldirdi. Shu kunning o‘zida yigirma ikki nafar xodim partiya a’zosi bo‘lishga qaror qildi va ularning bu xoxish-istaklari shu joyning o‘zida qondirildi.

 

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+