Tabiatni asrash yo‘lidagi ulkan qadam

20.10.2022, 14:36

Tabiatni asrash yo‘lidagi ulkan qadam

Keyingi yillarda davlat yetakchilarining global va mintaqaviy masalalar bo‘yicha uchrashuvlari iqtisodiy, ijtimoiy, xavfsizlik va ekologik muammolarga yechim topish, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) Ostona shahridagi navbatdagi sammiti ham ayni shu maqsadlar yo‘lidagi muhim tadbir bo‘ldi.

Ayniqsa, hamkorlik aloqalarida O’zbekiston tomonidan bildirilgan takliflar, muammolarni bartaraf etishdagi yangicha yondashuv va qarashlar dunyo mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, katta ishonch va imkoniyat.

Ostona sammitida Prezidentimiz o‘z nutqida bugungi kundagi xalqaro vaziyatga baho berdi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi. E’tibor beradigan bo‘lsak, Shavkat Mirziyoyev doimiy ravishda ekologiya va iqlim o‘zgarishi muammolarini muhim o‘ringa qo‘yadi. Jumladan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki butun dunyo miqyosidagi global muammo bo‘lib, bu davlatimiz rahbarining e’tiboridan chetda qolmagan.

Bu safargi sammitda ham ushbu masala yuzasidan umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda mintaqaning hamkor mamlakatlarini jadal ko‘kalamzorlashtirish va ekotizimlar bog‘liqligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha “Yashil Osiyo” konseptual dasturlari doirasida doimiy ekspert maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Muxtasar aytganda, bu kabi tashabbuslarning tashkilot faoliyati doirasida tatbiq etilishi bugun yuzaga kelgan yangi geosiyosiy voqelik davrida butun Osiyo qit’asining barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.

Sharap O’TEMISOV,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i

 Kengesidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari

  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+