Arnasoyda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 8 ta murojaat deputatlar nazoratiga olindi

20.10.2022, 17:08

Arnasoyda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 8 ta murojaat deputatlar nazoratiga olindi

So‘nggi yillarda jamiyatimizda kechayotgan katta o‘zgarishlar sabab, odamlarimizning dunyoqarashi, tafakkuri o‘zgardi. Joylarda bo‘lib o‘tayotgan muloqotlarda, uchrashuv va sayyor qabullarda, aholi tomonidan nafaqat shaxsiy, balki ko‘pchilikni tashvishga solayotgan muammolar ham ko‘proq o‘rtaga tashlanmoqda, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar  bildirilmoqda. Bu holat Arnasoy tumanidagi Gulbaxor va Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan bo‘lib o‘tgan sayyor qabullarda ham yaqqol sezildi.

Ayni paytda xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashida 6 nafar  O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek, tuman hududidan ikki nafar maslakdoshlarimiz xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylangan. Hokimlik va mutasaddi tashkilot vakillari, aholi bilan hamjihatlikda ushbu muammolarni qisqa muddatda bartaraf etishga harakat qilmoqdalar.

Ta’kidlash lozimki, deputatlarimiz o‘z saylov hududlarida tashkil etilayotgan barcha sayyor qabullarda faol ishtirok etib, ularda ko‘tarilgan muammolarni hal etishni deputatlik nazoratiga olmoqdalar.  Jumladan, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, tumanadagi mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Gulbahor va Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, qabul davomida fuqarolarning elektr energiya, ichimlik va oqar suv, ijtimoiy yordam, davolanish, ta’mirlash ishlari kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Aholi tomonidan qilingan  murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat talab etiladigan 8 ta murojaatlarni ijobiy hal etish va qanoatlantirish yuzasidan tegishli mas’ullar zimmasiga yuklatildi.  Mazkur murojaatlarning barchasi deputatlar nazoratiga olinidi.

Zayniddin Eshqulov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+