«Ilg‘or»liklarning g‘ayrati baland
04.11.2022, 15:20

Angor tumanidagi «Ilg‘or» mahallasida yashovchilarning tomorqasi bo‘sh turmaydi. Poliz ekinlaridan tortib mevali daraxtgacha bor. Bu esa mahalla odamlarining mehnatkashligidan dalolat beradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov ushbu mahalladagi xonadonlar tomorqasini ko‘zdan kechirayotib bunga yana bir bor amin bo‘ldi.
Partiya vakillari Alimardon Qudratovning xonadonida bo‘ldi. Xonadon tomorqasida ekilgan lavlagi va sarimsoq piyoz barq urib, yashnab turibdi. Tomorqa atrofida esa mevali daraxtlar bo‘y cho‘zib turibdi.
Aktam Xaitov xonadon vakili bilan suhbatlashdi, bu yilgi hosilning cho‘g‘ini so‘radi. Suhbat jarayonida A.Qudratov kichikkina sovutkich qurish uchun imtiyozli kredit zarurligini bildirdi. Bu masalada xonadon egasiga yaqindan ko‘mak berilishi aytib o‘tildi. Sovutkich qurilishi va unda meva–sabzavotlarni saqlash borasida ham zarur tavsiyalar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Inson qadri, ijtimoiy himoyasi — ustuvor maqsad
29.09.2023, 15:43
-
“Yoshlar daftari”: Yangi imkoniyatlar va kompleks yondashuv
28.09.2023, 16:37
-
Besh tashabbus olimpiadasi — yoshlarni birlashtirishda muhim omil
28.09.2023, 16:25
-
Jahon savdo tashkiloti: imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
28.09.2023, 14:43
-
Endi mahalla boshqaruviga soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi ham qo‘shilib, “mahalla yettiligi” bo‘ladi
27.09.2023, 09:57
Fikringizni qoldiring