Deputat tashabbusi bilan eski maktab va bog‘cha qayta ta’mirlab beriladigan bo‘ldi

29.11.2022, 15:31

Deputat tashabbusi bilan eski maktab va bog‘cha qayta ta’mirlab beriladigan bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslanovaning Buxoro tumanidagi “Dehcha” MFYda o‘z saylovchilari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida bir qator masalalar bo‘yicha murojaat qilindi.

Mahalla fuqarolaridan biri Ismat Jamolov hududda dorixona yo‘qligini, QVP esa aholi yashash maskanidan ancha olisda joylashganligini aytib o‘tdi.

Saylovchilardan yana biri Fazliddin Berdiyev o‘zi istiqomat qilayotgan qishloq ichki yo‘llarining ta’mirtalab bo‘lib qolganligini, bu esa aholining haqli noroziligiga sabab bo‘layotganligini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahalla hududidagi 37-maktabgacha ta’lim tashkiloti 2 qavatli bo‘lib bundan ancha yillar oldin barpo etilgan. Bog‘chaning yaroqsiz holga kelib qolganligi ko‘pchilik qatori fuqaro Malohat Sanoyevani ham tashvishga solayotganligi bois u ham deputat E.Aslonovaga aynan shu masala yuzasidan murojaat etdi.

Aholi vakillariga ushbu MTT binosini ta’mirlash mahalliy dasturga kiritilganligi va uni 2024 yilda mukammal ta’mirlashga qaror qilinganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, nosoz qishloq yo‘llarini ta’mirlash masalasi 2023 yilgi dasturga kiritilgan holda amalga oshiriladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+