Deputat yoshlar bilan uchrashdi

30.11.2022, 15:23

Deputat yoshlar bilan uchrashdi

Romitan tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida mamlakatimizda yoshlarning munosib ta’lim-tarbiyasi olishi hamda Konstitutsiyani takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslonova, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, partiya viloyat, tuman Kengashlari mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, kasb-hunar maktabi pedagog-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, intilishlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi besh-olti yilda yurtimizda yoshlar faoliyatiga doir ko‘plab qaror va farmonlar, qonunlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda yoshlarning ham taklif, fikr-mulohazalari o‘rin olmoqda. Bu esa yigit-qizlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning namunasidir.

Ochiq va samimiy muloqotlar chog‘ida talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Deputat E.Aslonova qonunlar va ularni tayyorlash, qabul qilish jarayoni, deputatlik mas’uliyati, saylovchilar oldidagi majburiyatlari haqida yoshlarga so‘zlab berdi.

Shuningdek, tadbirda  Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar xususida to‘xtalib o‘tildi. Yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha  ma’lumot berildi.

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+