Mahalla binosi qachon bitkaziladi?
10.01.2023, 16:14
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Zartepa” mahallasidagi amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. O’rganish davomida deputat mahalla hududidagi 34-umumta’lim maktabida yangi qurilgan qo‘shimcha 210 o‘rinli binoning isitish tizimida, o‘quv xonalari va yong‘in xavfsizligi burchaklarida quruvchilar tomonidan bir qator sifatsiz ishlar bajarilganligiga guvoh bo‘ldi.
Bundan tashqari, mahallada ko‘chalaridagi yoritish chiroqlari to‘liq o‘rnatilmaganligi, fuqarolarga suyultirilgan gaz balonlar to‘liq yetkazib berilmaganligi va mahalla idorasi binosi qurilishi to‘liq bitkazilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot kiritish va Davlat dasturi asosida qurilish montaj ishlarini olib borgan quruvchilarga hamda mutassadi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berilishi belgilab olindi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring