O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari uyma-uy yurib aholi holidan xabar olmoqda

18.01.2023, 16:10

O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari uyma-uy yurib aholi holidan xabar olmoqda

Kuni kecha davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan, aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi mamlakatimiz yetakchisi xalqni tashvishlantirayotgan masalalardan yaxshi xabardorligini, odamlar  mushkulini oson qilish uchun aniq va qat’iy qarorlar qabul qilishini yana bir bora yaqqol namoyish etdi.

Ta’kidlash zarur: mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, albatta, O’zLiDeP va uning deputatlari, faollari oldida ham katta mas’uliyat talab qiladi.

Muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelganida O’zLiDeP doimo xalqimizga ko‘makdosh, yelkadosh bo‘lyapti, davlatimiz, hukumatimiz sa’y-harakatlariga, da’vatlariga hamohang ish tutyapti.

O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari ham sovuq ob-havo tufayli vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi mutasaddilari, sektor rahbarlari va mas’ul tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan uzluksiz navbatchilik qilinuvchi “markaziy shtab”larga tushgan murojaatlar bilan tanishib, bayon qilingan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari belgilangani va amalga oshirilganligini o‘rganyaptilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Durbek Axmedov ham poytaxtimiznitng Uchtepa tumanida bo‘lib, holat yuzasidan o‘rganishlar olib boryapti.

Xalq vakili aholini energiya resurslari va gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan hamrohligida uyma-uy yurib, aholidan xabar olishmoqda. Shuningdek, ushbu hududda 2 ta “harbiy dala oshxonasi” tashkil qilingan bo‘lib, uzluksiz aholi murojaatlarini o‘rganish, yuzaga kelgan muammoli holatlarni zudlik bilan hal qilishda ko‘maklashilyapti. Ehtiyojmand oilalarga issiq ovqatlar bilan ta’minlab berishda yaqindan ko‘maklashilmoqda.

Bundan tashqari ishchi guruh vakillari hududdagi dehqon bozorida bo‘lib, u yerdagi sharoitlarni yaxshilash va narx-navoni tartibga solish holatlarni ham o‘rganishdi.

Partiya vakillari, mahalliy kengashlar deputatlari, Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘rganishlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+