Yiliga 4 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan korxona faoliyati bilan tanishildi
19.01.2023, 16:58

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari, korxonalar, klasterlar faoliyati bilan yaqindan tanishyapti.
Partiya rahbari “Qarshi agro klaster” qoshida tashkil etilgan “Iyman tekstil” tikuv trikotaj majmuasida bo‘lib, bu yerda mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilar bilan muloqot qildi.
Majmua rahbari, turkiyalik tadbirkor Ersin Erdem Bitiktosh jamoada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Majmua 2021 yilning 25 oktyabrida ishga tushirilgan bo‘lib, yiliga 4 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda Qarshi tumanida istiqomat qilayotgan 105 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Bugungi kunda ularning mehnat qilishlari va dam olishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Ishga kelib-ketishlari uchun transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida ishlovchilar soni 300 nafarga yetkaziladi.
Aktam Xaitov jamoa ahli bilan muloqotda serquyosh vohada yetishtirilgan paxta hosilidan tayyorlanayotgan kiyim-kechaklarga xorijlik xaridorlar soni ortib borayotganligi, paxtadan tikilayotgan kiyim-kechaklarimizga nafaqat Rossiya, balki Yevropa va Lotin Amerikasining ko‘pgina davlatlarida o‘z xaridorlari borligini, tayyor mahsulotni xorijga eksport qilish valyuta tushumini ko‘paytirish orqali yangi-yangi texnologiyalarni keltirish, paxtani qayta ishlash sanoatini zamonaviylashtirish imkonini yaratishini alohida ta’kidladi.
- Majmuaning ishga tushirilishi men kabi yuzlab ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, - deydi Gulnora Toshturdiyeva. – Yaponiyaning Juki firmasining zamonaviy tikuv mashinalarida turli kiyim-kechaklar tikayapmiz. Sharoitlar yaxshi. Ishlovchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi roli oshiriladi
31.03.2023, 15:57
-
Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar
31.03.2023, 15:56
-
Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar sir saqlanadi
31.03.2023, 15:53
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish davom etmoqda
31.03.2023, 15:49
-
O’qituvchining sha’ni va qadr-qimmati har tomonlama himoyalanadi
31.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring