Deputat tashabbusi yana bir ko‘ngli kemtikka xursandchilik ulashdi
20.01.2023, 15:56

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatovning Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Maslahattepa» mahallasida aholi bilan o‘tkazgan uchrashuvida shu mahallada yashovchi I guruh nogironi B.Fozilov murojaat qilgandi. Unda B.Fozilov foydalanish uchun qulay bo‘lgan pultli nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam so‘ragandi. Deputat ushbu murojaatni e’tiborsiz qoldirmadi. B.Fozilovning murojaati bo‘yicha tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlatirish markazi bilan birga shug‘ullanib, viloyat hokimligi homiyligi asosida B.Fozilovga Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan, nogironlik aravachasi olib keltirildi.
O`zLiDeP Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi, Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Sh.Ahmedovlar B.Fozilovning xonadoniga borib, ushbu nogironlik aravachasini topshirishdi. Bundan murojaatchining ota-onasi ham mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
Zero, viloyat hokimi va mutasaddilarning sa’y-harakati tufayli yana bir ko‘ngil uyiga umid chirog‘i yondi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Surxondaryo kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanadi
14.03.2023, 16:00
-
“Mahalliy amaldorlar endi o‘qituvchini tekin xizmatkorga aylantirolmaydi” – G'ayrat Abdiyev
14.03.2023, 12:14
-
Xalq orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hujjat
13.03.2023, 14:48
-
Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinadi
10.03.2023, 10:30
-
Konstitutsion islohotlar
09.03.2023, 13:55
Fikringizni qoldiring