Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – bugunning dolzarb vazifasi

06.02.2023, 17:12

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – bugunning dolzarb vazifasi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi” va Shahrisabz shahar kengashlari hamkorligida “Zingiron” mahalla fuqarolar yig‘inida “Farovon oila” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Mahalla raisi Nasiba Ahadova, deputat Rohila Eshaliyeva va boshqalar so‘zga chiqib, “Xotin – qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, bu borada Vazirlar Mahkamasining qarorlari mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoyalash borasida partiya Dasturi va Saylovoldi platformasida e’tirof etilgan ustuvor vazifalar haqida aytib o‘tishdi.      

- Bugungi kunda mahallada 4305 nafar aholi, 1030 oila istiqomat qiladi, - deydi MFY raisi Nasiba Ahadova. - “Ayollar qanoti” faollari ko‘magida ajrim yoqasida kelgan 28 ta oila yarashtirilib, 41 nafar bolalarning ota-onasi bilan yashashi ta’minlandi. Muqaddam jinoyat qilib sudlangan Naima Baratova oilasi bag‘riga qaytgach, kredit olishda ko‘maklashildi. Ayni paytda xonadonida chorvachilik bilan shug‘ullanmoqda.   Tadbirda ishtirok etgan namunali oila sohibalari o‘z hayotlari haqida so‘zlab berishdi. Profilaktika inspektori ro‘yxatida turuvchi jinoyatga moyil xotin-qizlar ham taklif etilib, turmush sharoitlarini yaxshilash, bandligini ta’minlash borasida amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

 

  • Ko'rildi
    560
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+