O'zLiDeP “Ayollar qanoti” Monomarkazlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” Monomarkazlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat "Oqila ayollar" harakati hamkorligida "Ishga marhamat" Monomarkazida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari va mahalliy Kengashlardagi deputatlar, "Ayollar daftari"da turuvchi xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda Mrojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvorliklar, ularning kasb - hunar o‘rganishlari va bandligini ta’milash masallariga e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi raisining ayollar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat "Oqila ayollar" harakati rahbari  Jamila Sayfuddinova Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, Yangi O’zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning kasb va ish bilan bandligini ta’milash, ta’lim olishlarida amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda navbatdagi istiqboldagi vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Bugungi kunda mazkur “Ishga marhamat” monomarkazida 24 turdagi kasb-hunar bo‘yicha 1650 nafar ishsizlar, o‘quvchilar 2-3-4 oylik kurslarda o‘qitilib, kasb - hunarga yo‘naltirilmoqda. 2022 yilda 2235 nafar ishsizlar kasb – hunarga o‘qitilib, tinglovchilarning 80 foizi ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, mazkur markazda, xorijiy tillar ham o‘rgatiladi.

Ushbu markazning aksariyat kasb-hunar o‘rganuvchilari mahallardagi “temir daftar”, "ayollar daftari"da ro‘yxatiga olingan ijtimoiy-himoyaga muhtoj fuqarolardir.

Tadbir yakunida mazkur Monomarkaz bilan hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Marhabo Chuliyeva,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+