Yuksak jangovar ruh

22.02.2023, 15:20

Yuksak jangovar ruh

Askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir!

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi (Termiz poligoni)da Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassislarning o‘quv-uslubiy yig‘inida ham bu bot-bot ta’kidlandi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi  Erkin Salixov va shu qo‘mita a’zolaridan parlament deputatlari Hazratqul Xo‘jamqulov, Tavakkal Choriyev ham ishtirok etdi.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassislariga qo‘mita tomonidan 2022 yil davomida deputatlar hamda Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasida tayyorlangan qonun loyihalari, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan imzolangan sohaviy qonunlar, o‘tkazilgan nazorat-tahlillar, fuqarolar murojaatlari bo‘yicha hal etilgan masala va muammolar xususida keng va atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, “Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tash tizimini shakllantirish va uning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bayon etildi.

Tadbir davomida qo‘shinlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, harbiy xizmatchilar va oilalarining ijtimoiy himoyasi, harbiy intizomni mustahkamlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va boshqa mavzularda takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

Ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazilgan o‘quv-uslubiy yig‘in va ushbu yig‘in davomida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar hamda ilg‘or, strategik g‘oyalar  harbiy xizmatchilar qalbida, ongu tafakkurida vatanparvarlik, sadoqat, fidoyilik, milliy g‘urur tuyg‘ularini mujassamlashtirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    566
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+