Davlat dasturi xalq manfaatlariga xizmat qiladi

03.03.2023, 15:55

Davlat dasturi xalq manfaatlariga xizmat qiladi

Bugungi davrda Yangi O’zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.

Prezidentimizning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonining e’lon qilinishi ham fikrimizning yaqqol dalilidir. Davlat dasturi loyihasi 7 ta yo‘nalish, 100 ta maqsad va 309 ta bandni o‘z ichiga qamrab olgan.

Davlat dasturida aholi farovonligini oshirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ko‘plab ustuvor vazifalar belgilandi.

Ayniqsa, partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar manfaati ham alohida e’tirof etilgan. Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o‘rnatiladi. Bu ham ishbilarmon qatlamga yaratilgan keng imkoniyatlardan biridir.

Shuningdek, dasturda qonunchilikni takomillashtirish, inson qadri uchun islohotlarni, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, yoshlar, ayollar va boshqa toifalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab muhim tadbirlar nazarda tutilgan.

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, nazorat qilishda bizning partiya ilg‘orlikni qo‘ldan bermay mahalliy Kengash deputatlari va partiyamizning faol a’zolari bilan har bir hududda va mahallalarga borib o‘rganish, mas’ul davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshiradi. Demak, xalq vakillari berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali xalqimiz manfaati yo‘lida belgilangan vazifalar ijrosida yanada faol bo‘lishi lozim. Bugungi o‘zgarishlar jarayonida hech kimning kuzatuvchi bo‘lib turishga, bee’tibor bo‘lishga haqqi yo‘q.

Islom Fayzullayev,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    119
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+