Deputat tashabbusi: Oltiariqdagi maktablarga interaktiv o‘quv doskalari keltirildi
06.03.2023, 10:59

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ayniqsa, umumta’lim maktablariga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi.
Pedagog-murabbiylarning yoshlarga ta’lim-tarbiya berishlari hamda maktab o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar Oltiariq tumani ta’lim muassasalarida ham o‘z ifodasini topmoqda. Tumandagi mavjud 47 ta maktablarning o‘quv moddiy bazasini rivojlantirish, pedagoglar va o‘quvchilar uchun zamonaviy qulay sharoit yaratish ishlariga tuman hokimligi, sektor rahbarlari muntazam e’tibor qaratmoqdalar.
Qolaversa, Oltiariq saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Bahrom Raxmonaliyevning tashabbusi bilan maktablarga interaktiv o‘quv doskalari keltirilmoqda.
Kuni kecha tuman hokimi Sh.Turdaliyev, Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliyev hamda tuman prokurori R.Tillayevlar ishtirokida 35 ta umumta’lim maktablariga ana shunday zamonaviy o‘quv jihozlari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
Fikringizni qoldiring