Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

28.03.2023, 16:06

Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

Oqdaryo tuman hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Salixov O’zLiDeP faollari, deputatlari, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda deputat Erkin Salixov yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, yangi normalar, qonunlar va qonunosti hujjatlarning jamiyatimiz, shu jumladan, har bir insonga qay darajada muhimligi haqida atroflicha tushuntirib o‘tdi.

Mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida O’zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu prinsipial qoidalarni o‘zgartirish mumkin emasligi alohida belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, ushbu konstitutsiyaviy qoidalar zamirida mustaqilligimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va erkin Vatan qoldirish, xalq manfaatlari ko‘zlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaslik, qonun va adolat ustuvorligi, insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo‘lib, ular davlatchilikning tamal toshlari sifatida mustahkamlanmoqda.

Uchrashuvda so‘z olganlar joriy yil 30 aprel kuni respublikamizda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barchani faol ishtirok etishga chaqirdi.

Xodixon Fuzuliyev, 

O’zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+