Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasi yanada mustahkamlab qo‘yilmoqda

29.03.2023, 14:20

Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasi yanada mustahkamlab qo‘yilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimovaning Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Buvayda tuman xokimligida tashkil qilindi. Unda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hokim yorlamchilari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputat M. Ibragimova yangilanayotgan Konstitutsiyada qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish, dam olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi huquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etdi.

Xalq vakilining Buvayda tumanidagi madaniyat saroyida maktabgacha ta’lim bo‘lim mudirlari, maktab direktorlari va o‘qituvchilari ishtirokida  o‘tkazilgan muloqotda yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida keng tushuntirishlar berdi.

Ta’kidlanganidek, ta’lim yo‘nalishida ham Konstitutsiyada o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda.

Deputat M. Ibragimova Buvayda tumani pedagogika kasb-hxunar maktabining o‘kituvchi va o‘kuvchilar bilan ham uchrashib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirib berdi. So‘zi yakunida barcha fuqarolarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

  • Ko'rildi
    219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+