Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat

30.03.2023, 12:26

Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Nishon tumanida fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida bahorgi dala yumushlarining borishi bilan tanishdilar. Tuman hokimi yordamchilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fermer va dehqon xo‘jaligi raislari ishtirokidagi o‘quv seminarida nasos orqali sug‘oriladigan ekin maydonlarida paxta va g‘alla yetishtirishda suv tejam-korligiga erishish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnolo-giyalaridan samarali foydala-nish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

– Oqova suv ta’minoti yil sayin qiyinlashayotgan sharoitda innovatsi-on uskunalarga e’tiborni kuchaytirish talab etilmoqda, – dedi Aktam Xaitov. – Mutaxassislarning taxminicha, bu yil ham suv tanqisligi kutilayotir. Demak, yana dehqonlarimiz uchun og‘ir sinov bo‘ladi. Chunki hozirdanoq, ko‘ryap-mizki, bahorgi yomg‘ir juda kam yog‘yapti. Shuning uchun yil boshidan buyon 5-6 joy-da yomg‘irlatib sug‘orishni joriy etish mavzusida qator seminarlarni tashkil etdik. Maqsad sug‘orish uchun ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish orqali xo‘jaliklarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.

Ishchi guruh a’zolari tumandagi “Janub mash’ali” mahallasi hududida istiqo-mat qilayotgan Asror Qurbonovning tomorqachilik tajribasini ham atroflicha o‘rgandilar. Bu inson ikki sotix joyda issiqxona tashkil etib, yiliga 2-3 marta hosil olmoqda. Issiqxonaning yarmida turfa anvoyi gullar o‘stirilsa, qolgan qismida qulupnay ko‘chatlari yetishtiri-lib, tumandagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yetkazib berilyapti. 2021 yilda mirishkor “Namunali tomorqa- chi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani bejiz emas.

Muloqot davomida Prezidenti-mizning 2023 yil 26 yanvardagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida ham batafsil fikr yuritildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jalikla-ri o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosa-batni yo‘lga qo‘yish, paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi kor-xonalar faoliyatining samaradorligi-ni yanada oshirish yuzasidan amaliy tav-siyalar berildi.

Nishon tumanida 36 ta mahalla fuqa-rolar yig‘ini bo‘lib, shundan 18 tasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ilgari nishonliklar kartoshkani bozordan xarid qilishardi. Hozirda katta maydonlardan minglab tonna kartoshka hosili olayotgan tajribali fermer va tomorqachilar bor.

Tumanda 27 229 nafar dehqon xo‘-jaligi va tomorqa yer egalari bo‘lib, ular 3281 gektar maydonda mehnat qi-lishmoqda. 2430 gektar yerda ertapishar, 1444 gektar maydonda takroriy, 1845 gektarda esa to‘qsonbosti ekinlar ekil-gan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan o‘ttiz foizga ko‘p.

O‘zLiDeP yetakchisi nishonlik dala mehnatkashlari bilan suhbatda O’zbekis-ton Respublikasi Konstitutsiyaviy qonu-ni loyihasini tayyorlashda tadbirkor, ishbilarmon, fermer va klasterlarning takliflari inobatga olinganini, mulk huquqi, uy-joy daxlsizligini ta’min-lash masalalari Bosh qomusda o‘z aksini topayotganini alohida ta’kidladi. So‘ng-gi olti yil davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes vakillariga qulay sharoit yaratish maqsadida davla-timiz rahbarining qator farmon va qa-rorlari qabul qilinganiga urg‘u berdi. Endi bu normalar Konstitutsiyamizda mustahkamlanmoqda.

Ishchi guruh a’zolari muloqot yakuni-da qishloq mulkdorlarining referendum-ni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va ushbu siyosiy tadbirning dolzarb ahamiya-tiga oid savollariga javob qaytarishdi.

Sayfulla IKROMOV,

“XXI asr” muxbiri

  • Ko'rildi
    176
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+