Yangi O’zbekiston - suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat
31.03.2023, 15:58

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari tashabbusi bilan Sharof Rashidov tuman hududida joylashgan harbiy garnizonda yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, harbiy qism zobit va askarlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida O’zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu prinsipial qoidalarni o‘zgartirish mumkin emasligi alohida belgilab qo‘yilayotgani haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qoidalar zamirida mustaqilligimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va erkin Vatan qoldirish, xalq manfaatlari ko‘zlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaslik, qonun va adolat ustuvorligi, insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo‘lib, ular davlatchilikning tamal toshlari sifatida mustahkamlanmoqda.
Tadbir davomida inson sha’ni qadr topayotgan yurtimizda mustaqillik yillarida xalqimiz qo‘lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarni asrash, tinchlik, osoyishtalikni mustahkamlash, mamlakatimiz suverenitetini ta’minlashda harbiylarga alohida mas’uliyat yuklatilgani aytib o‘tildi.
O’z o‘rnida harbiylarimiz ham 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz turmush farovonligini yangi bosqichga olib chiqishga mustahkam huquqiy asos bo‘lishi kutilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab ovoz berishlarini bildirib o‘tdilar.
Zayniddin Eshqulov,
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Siyosiy ta’lim va deputatlik
guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring