Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi

31.03.2023, 16:01

Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi

Yangilanayotgan Konstitutsiyada milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda.

Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi mustahkamlanmoqda. Mazkur norma investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.

E’tibor bering, tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda. Konstitutsiyamizga mazkur qoidaning kiritilishi erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” degan tamoyilga asoslanadi.

O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanmoqda.

Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinishi va cheklanishi mustahkamlanmoqda. Konstitutsiyaga ushbu normaning kiritilishi tovar va xizmatlar bozorining barcha ishtirokchilari uchun teng iqtisodiy-huquqiy imkoniyatlar yaratish orqali tadbirkorlar o‘rtasida halol raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

O‘zLiDeP Ishtixon tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi 21-musiqa va san’at maktabida o‘tgan davra suhbatida deputat Komil Yavkochdiyev yig‘ilganlarga ana shu ma’lumotlarni taqdim etdi.

“Yangi Qomus biznesingiz rivojini kafolatlaydi!” shiori ostidagi ushbu muloqotda partiya faollari, tadbirkorlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.

O’lmas NORBUTAYEV,

O‘zLiDeP Ishtixon tuman kengashi

 raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    249
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+