Aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratiladi

06.04.2023, 16:47

Aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratiladi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!” shiori ostida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli  klinikasining katta  majlislar zalida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O`zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Zaxidov,  Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori Dildora Rustamova  hamda 400 nafardan ortiq shifokorlar, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda  so‘zga chiqqanlar asosiy qonunimizda milliy sog‘liqni saqlash tizimini aholi salomatligini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qiladigan yuksak malakali zamonaviy sohaga aylantirish masalasi ham, hech shubhasiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan konstitutsiyaviy qoida sifatida o‘z ifodasini topgaligiga alohida e’tiborni qaratishdi. Ular orasida alohida ahamiyatga molik bo‘lgan yana bir muhim masala ko‘tarilgan bo‘lib, bu masala sog‘liqni saqlash tizimining huquqiy asoslarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, millatimiz, xalqimizning genofondini saqlashni konstitutsiyaviy asosda alohida himoya qilinadigan sohaga aylantirish bilan bog‘liqligiga ahamiyat qaratildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga to‘liq va batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan refrendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirib qolindi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    101
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+