Fuqarolarning tibbiy yordam olish huquqi mustahkamlanmoqda

12.04.2023, 15:09

Fuqarolarning tibbiy yordam olish huquqi mustahkamlanmoqda

O’zLiDeP Koson tuman kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tumandagi Bolalar shifoxonasida “Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘iboti yuzasidan tibbiyot xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova Yangilanayotgan Bosh Qomusimizning 48-moddasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olish huquqi mustahkamlanayotganligi, davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘rishi belgilanayotganligi, shu bilan birga, davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi ko‘rsatib o‘tilganligini ta’kidladi. 

 Anjuman so‘ngida so‘zga chiqqan tuman kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Boymurodov va boshqa shifokorlar tadbir ishtirokchilarini inson qadrini o‘zida mujassam etgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini qo‘llab-quvvatlab,  xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy kunda faollik ko‘rsatib, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda hamjihatlik bilan  ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+