Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!

12.04.2023, 15:59

Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir ushbu shior ostida tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va shahar kengashi deputatlari, tashviqot guruhi a’zolari, institut o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Kengash raisi, deputati Ravshan Fazilov va boshqalar e’tirof etishganidek, bugun aholimizning 18 milliondan ortig‘i yoshlar tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga borib, 25 millionga yetadi. Shuni hisobga olib, Bosh qomusimizda yoshlar masalasiga alohida bob kiritilmoqda.

Bosh qomusimizda Oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllanitirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayapti.

Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.

Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun ham g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.

Tadbir so‘ngida deputatlar  ishtirokchilarni xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+