Insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda

17.04.2023, 17:51

Insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi tashviqot tadbiri Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.

Tadbirda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev va boshqa partiya faollari so‘zga chiqib, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanayotganligiga urg‘u berib o‘tishdi.

Inson va davlat organlari o‘rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta’sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutonosib bo‘lishi kerakligi belgilanmoqda.

Shuningdek, Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda. Xususan, shaxsni sud qarorsiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, ushbu muddat ushlab turish qonuniyligi va assosliligi sudda isbotlanmasa, shaxs darhol ozod qilinishi (“Xabeas korpus instituti”) hamda shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”), shuningdek, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi belgilanmoqda. Ushbu qoidalar shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy hibsga olishga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlaydi.

Uchrashuvda yangi tahrirdagi konstitutsiyada shu kabi normalar o‘z aksini topayotganligi aytib o‘tildi va so‘ngida deputatlar  ishtirokchilarni xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+