Yoshlar – mamlakat kelajagi

18.04.2023, 17:11

Yoshlar – mamlakat kelajagi

Bir necha kunki Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova o‘z saylov okrugida aholi bilan muloqot o‘tkazmoqda.

Uning galdagi uchrashuvi Uychi tumanidagi 2-kasb-hunar maktabida bo‘ldi.

Mazkur dargohda 47 nafar pedagog 550 nafar talabaga avtomobil ta’mirlash, traktorchi-mashinist, tikuvchilik, bank nazoratchisi kabi o‘nga yaqin yo‘nalishda ta’lim bermoqda.

Deputat o‘z suhbatida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanayotgan konstitutsiyada yoshlar va ta’limga oid kiritilayotgan normalar xususida so‘zladi.

- Bosh qomusimizda oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda, – dedi noib. – Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayapti.

So‘ng barchani 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

F. AHMEDOV,

deputat yordamchisi 

  • Ko'rildi
    327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+