Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!

18.04.2023, 17:21

Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Shunday tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Navoiy viloyatining Navbahor tumanida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova, O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi apparat rahbari M.Eshniyozov, hamkor tashkilotlar vakillari hamda mahalla faxriylari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berib o‘tdi. Xususan, ta’lim yo‘nalishida bosh qomusimizda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan modda va normalar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda. Bundan tashqari loyihada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda.

Shuningdek, qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish, dam olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi huquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.

Asosiy qonunimizdan o‘rin olayotgan normalar mamlakatimiz va xalqimiz farovonligi uchun ulkan ahamiyatga ega. Jamiyatimizni liberallashtirish, demokratlashtirish tarafdori bo‘lgan O’zLiDeP hozirgi jarayonlarda “Birgalikda ochiq jamiyat sari!”, “Biz ochiqlik va oshkoralikni tanlaymiz!” singari shiorlar bilan yanada faollashmoqda. Siyosiy kuchning g‘oyat faolligi nafaqat konstitutsiyaviy islohotlarning tashabbuskorlaridan biri ekanligi bilan, balki asosiy qonun takomillashtirilishi asosida turuvchi g‘oyalar partiya dasturiy qarashlariga hamohang ekanligida hamdir.

 Shunday ekan, xalqimiz kelajagiga dahldor bo‘lgan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol bo‘lib, yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz beraylik, – dedi partimiz mas’ullari tadbir yakunida.

Tadbir bir guruh elimiz e’tiboridagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+