Konstitutsiyaning yagona muallifi – xalq

18.04.2023, 17:23

Konstitutsiyaning yagona muallifi – xalq

Peshko‘da “Konstitutsiyaning yagona muallifi – xalq!” shiori ostida event tadbir bo‘lib o‘tdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo‘lgan ushbu muloqotda  O‘zLiDeP faollari, deputatlar, fermer va tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Barotova va  partiya tuman kengashi raisi Sanam Jumayeva ta’kidlaganidek, bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilayotir.  Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlar negizida ham ushbu islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi mujassam. Ayniqsa hujjatda yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekaniga yaqqol ishoradir.

Demak yoshlar ham bu jarayonlarga befarq bo‘lmasligi, ularning ertangi kelajagi kafolati bo‘lmish yangilanayotgan asosiy qonunga ovoz berish uchun referendumda faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+