Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti yaratiladi
20.04.2023, 14:26
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat hamda Muborak tuman kengashlari tomonidan “Yangi Qomus biznesingiz rivojini kafolatlaydi!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘iboti yuzasidan tuman istirohat bog‘ida tashkil etildi.
Event tadbirda O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Arziqul Sherov, Muborak tuman kengashi raisi Panji Jalilov, tuman kengashi deputati Aktam To‘rayev va boshqalar so‘zga chiqishib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada tadbirkorlar, ishbilarmonlar, fermerlar uchun ko‘plab huquqiy imkoniyatlar yaratilayotgani, davlat o‘z zimmasiga bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlar olayotgani, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi investorlarning ishonchini oshirishga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga xizmat qilishini e’tirof etishdi.
- Yangilanayotgan Bosh qomusimizda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda, - dedi “Navbahor” fermer xo‘jaligi raisi, xalq deputatlari Muborak tuman kengashi deputati Namoz Bahronov. - Bundan olti yil oldin tadbirkor va fermerning birorta huquqi himoyalanmagan edi. Hisobdagi pullarimizga egalik qila olmasdik. Nazoratchi organlar garchi tushunishmasa-da, tadbirkor va fermerga aql o‘rgatishar, soliqchilar istagan paytda hisobimiz inkassa qo‘yishardi. Qanday kunlarni ko‘rmasdik. Shu bois yuzlab ishbilarmonlar o‘z faoliyatini tugatib, boshqa ishning boshini tutib ketishdi. Endilikda fermer va tadbirkorlarning nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanib, soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda. Xususiy mulk daxlsiz ekanligi, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi bosh qonunimizda o‘z ifodasini topayotgani Yangilanayotgan O’zbekistonimizda inson manfaatlarini ta’minlash masalasi birlamchi o‘rinda ekanligining yaqqol dalilidir.
Shuningdek, so‘zga chiqqan boshqa soha vakillari ham Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish singari mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olayotganligini alohida ta’kidlashdi.
Tadbir so‘ngida barcha anjuman ishtirokchilarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan Asosiy Qonunimizga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faollik bilan ovoz berishga chaqirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring