Barchasi yoshlar va ularning yorqin kelajagi uchun
25.04.2023, 16:50

Yoshlar – bunyodkorlik salohiyatiga ega, mamlakatimiz kelajagini tashkil etuvchi ulkan kuchdir. Shu bois ularni yanada qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirilib, huquq va majburiyatlari ro‘yobga chiqarilmoqda.
Navoiy davlat konchilik texnologiyalari universitetida “Konstitutsiya – barchamizniki!” shiori ostida yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvda ana shular, xususan yangilanayotgan bosh qomusimizda yosh avlod vakillarining hukuq va manfaatlari himoyasi nechog‘li kuchaytirilayotgani xususida so‘zlandi.
Unda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, parlament quyi palatasi va mahalliy kengash deputatlari hamda universitet talabalari ishtirok etishdi. Notiqlar yurtimizda so‘ngi paytlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning siyosiy kuch dasturiga hamohangligi, qolaversa, bu ishlarni amalga oshirishda yoshlarning alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi. Yangilanayotgan konstitutsiyada kiritilayotgan me’yorlarga batafsil to‘xtalishdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarni 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumda faol qatnashishga chorlab qolishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot tarafdorimiz
27.09.2023, 17:00
-
Xalqaro tashabbuslar dunyo e’tibori markazida
21.09.2023, 09:46
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati keng aholi vakillari orasida targ‘ibot qilinmoqda
15.09.2023, 18:46
Fikringizni qoldiring