Deputat eng chekka mahallalardagi muammolarni o‘z nazoratiga oldi

28.04.2023, 17:26

Deputat eng chekka mahallalardagi muammolarni o‘z nazoratiga oldi

Boysun tumanidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov har oyda saylovchilar bilan uchrashib, ularning dardu-tashvishlarini tinglab keladi. Aholi muammolarini imkon qadar yechimini topishga harakat qiladi.

Deputatning bu galgi uchrashuvi ham samarali kechdi. Xalq vakili Boysun tumanidagi qator mahallalarda bo‘lib, u yerda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rgandi.

Xususan, Boysun tumani markazidan 70 kilometrgacha uzoqlikda joylashgan “Duoba”, “O’rmonchi”, “Xo‘jaidod”  mahallalari aholisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari davomida yangi transformator o‘rnatib berish, ko‘prik qurish, ko‘cha yo‘llarini shag‘allashtirish, toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortib kelish, 50-maktabni qayta ta’mirlash, ishsizlik kabi masalalarda murojaatlar bildirildi.

Deputat ushbu murojaatlarni to‘liq o‘rganib, ijobiy hal qilinishiga va’da berdi, vaqt talab qilinadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi orqali o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+