Amaliy islohotlar odamlar qalbiga tez kirib boradi

19.07.2023, 10:05

Amaliy islohotlar odamlar qalbiga tez kirib boradi

Yangi O’zbekistonning mustahkam poydevorini barpo etishda “inson – jamiyat – davlat” va “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyalarni ustuvor etib belgilangani barchani quvontiradi. Umuman, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsadga aylangan.

Bundan salkam yetti yil oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan va davom etayotgan demokratik islohotlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Bu esa keyingi juda qisqa davrda amalga oshirilgan, asrga tatigulik islohotlarni xalqimiz to‘la qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat. Bir so‘z bilan aytganda, amaliy natija bilan mustahkamlangan, o‘z mevasi, hosilini berayotgan islohotlar odamlarimiz qalbiga, yuragiga tez kirib bormoqda.

Davlatimiz rahbari yaqinda lavozimga kirishish nutqida “Xalqimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgargani, uning qalbida o‘ziga, ertangi kunga ishonch paydo bo‘lgani – bu bizning eng katta yutug‘imiz. O’zini o‘zgartira olgan xalq, hech shubhasiz, hayotni, ijtimoiy muhitni ham o‘zgartira oladi, o‘z murod-maqsadlariga albatta yetadi. Mana shunday ulug‘ e’tiqod bilan yashayotgan xalqqa rahbar bo‘lib, uni yorug‘ manzillar sari boshlash men uchun ulkan baxt, ulkan sharafdir” deya ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari amaliy ishlar bilan Yangi O’zbekiston, uchinchi renesans poydevorini qurishdek hayotbaxsh g‘oya atrofida xalqimizni birlashtirib, yuksak marralar sari qat’iyat bilan boshlab bormoqda. Elu-yurtimiz manfaati yo‘lida fidokorona mehnat qilishni o‘z hayoti va faoliyatining mazmuni deb bilgan, ko‘p millatli xalqimiz orasida ulkan obro‘-e’tibor qozonib, taraqqiyot uchun birlashtirishga qodir inson.

Darhaqiqat, yurtimiz, Vatanimiz bitta – O’zbekiston. Uning bugungi va ertangi kunini o‘ylab yashash, shuhratini oshirish – barchamizning muqaddas vazifamizdir. Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, Vatan va el-yurt manfaati yo‘lida yanada jipslashamiz va inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatni birgalikda albatta quramiz!

Ravshan FOZILOV,
O‘zLiDeP Toshkent shahar  kengashi raisi, 
Xalq deputatlari  Toshkent shahar kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    129
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+