Chiroyli, balandparvoz gaplarga emas, aniq natijaga qarab baho beradigan davr keldi

20.07.2023, 09:45

Chiroyli, balandparvoz gaplarga emas, aniq natijaga qarab baho beradigan davr keldi

Bugun xalqimiz chiroyli, balandparvoz gaplar bilan muvaffaqiyat qozonib bo‘lmasligini, bunday yo‘l bilan islohotlar maromiga yetmasligini anglab yetdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida ham bu xususida fikrlar bildirib o‘tildi.

Nutqda Prezidentimiz odamlar endi bizdan yangi amaliy ishlarni kutyapti, millionlab insonlar —ota-onalarimiz, opa-singillarimiz, o‘g‘il-qizlarimiz bugun bizga umid va ishonch bilan ko‘z tikib turibdi. Ana shunday umid va ishonchni oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi natijalar bilan mustahkamlash bizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanmog‘i shart ekanini ta’kidlar ekan, barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga chiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatining aniq natijasiga qarab baho berilishini aytib o‘tdi.

Bu fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, agar biz jonajon O’zbekistonimizni yanada gullab yashnashini, dunyo sahnida o‘z ovozi, o‘z nufuziga ega bo‘lishini istar ekanmiz, amaliy harakatlarga kuch berishimiz lozim. So‘z va ish birligi ta’minlanishi darkor. Bundan boshqa yo‘l yo‘q. Chunki O’zbekiston dunyoga integrallashib bormoqda. Butun olam yurtimizga ko‘z tikib turibdi. Investorlar o‘zlarining mablag‘ini tiikish va biz bilan o‘zviy aloqa o‘rnatishga shay turibdi. Bunday sharoitga har birimiz marrani baland olib, Prezidentimiz tevaragida jipslashib, har bir harakatimizni amaliy ish bilan mustahkamlashimiz kerak.

Yurtboshimiz nutqida e’tirof etilganidek, safimizga yurtimizdagi, chet eldagi nufuzli oliygohlarda o‘qigan, yirik kompaniyalarda ishlagan qancha-qancha salohiyatli yoshlar kirib kelmoqda. Ularning timsolida avvalo ertangi kunimizning yangi rahbarlari, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boshqaruvchilari namoyon bo‘lmoqda. Demak ilm-fan, texnologiya va innovatsiya rivojlanayotgan ekan, bizning farzandlarimiz dunyoda hech kimdan kam emasligini isbotlamoqda. Ularning kuchidan, salohiyatidan unumli foydalanib, yurt taraqqiyotini ravnaq toptirishga harakat qilishimiz lozim.

Darhaqiqat, o‘zini o‘zgartira olgan xalq, hech shubhasiz, hayotni ham, ijtimoiy muhitni ham o‘zgartira oladi, o‘z murod-maqsadlariga albatta yetadi. Mana shunday ulug‘ e’tiqod bilan yashayotgan xalqqa rahbar bo‘lib, uni yorug‘ manzillar sari boshlashni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ulkan baxt, ulkan sharaf ekanini izhor etar ekan, ana shu buyuk maqsad yo‘lida xalqimiz ham Yurtboshimiz bilan hamqadam va hamnafas bo‘ladi, deb ishonaman.

Mavluda Ibragimova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    87
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+