Yosh tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar

22.08.2023, 10:54

Yosh tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18 avgust kuni respublikamizdagi eng ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangiliklarni taqdim etish bilan birga yoshlarga motivatsiya berdi.

“Tadbirkorlik juda og‘ir. Ular bilan gaplashsangiz, eksport qilish, bozor topish azob deydi. Ular ko‘p o‘z ustida ishlaydi. Dunyoni kezib, o‘rganib keladi. Ularga ta’zim qilib, rahmat deyman. Siz tadbirkorlarga havas qilib, har kuni o‘z ustingizda ishlang. Motivatsiya faqat bilim. Izlanishdan, o‘zingizni qiynashdan charchamang. Shunda Prezident sizni har doim qo‘llab- quvvatlaydi.”, deya ta’kidlagan so‘zlari barcha ishbilarmon yoshlarimizni yanada ruhlantirib yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

So‘ngi yetti yillikda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar biznesini yo‘lga qo‘yish uchun Prezident farmoni bilan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etildi. Yoshlarga ushbu yo‘nalishda bilim va ko‘nikma hamda zarur maslahat berish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi 20 ta “Yosh tadbirkorlar kovorking markazlari” tashkil etildi.

Yosh tadbirkorlar o‘z faoliyatini amalga oshirishlari uchun 244 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilib,  ularda jami 2 589 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida esa, 8 635 ta biznes loyihaga jami 1 trillion 858 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, 42 421 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, hududlarda tashkil etilgan 199 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”da 3 mingta loyiha doirasida yoshlar uchun 50 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

“Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusi hamda “Yoshlar: 1+1” loyihasi doirasida 452 ming nafar uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali o‘z faoliyatini boshlashga ko‘maklashishga erishildi. 2021 yilning o‘zida 123 mingdan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 3,1 trillon so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Natijada oxirgi 7 yilda respublikamizda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘payib, 500 mingdan oshdi.

Umuman olganda, bugungi kunda yoshlarimiz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar muxayyo qilinmoqda, faqat izlanishda davom etsa bo‘ldi.

Abdullo ASLANOV,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

raisi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    744
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+