Poytaxtning ishbilarmon ayollari aniqlandi

25.08.2023, 16:43

Poytaxtning ishbilarmon ayollari aniqlandi

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Unda tanlovning tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan tadbirkor, hunarmand xotin-qizlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlovning Toshkent shahri hududiy respublika bosqichida ishlab chiqarish, hunarmandchilik sohasida o‘z faoliyatini olib borayotgan tadbirkor ayollar orasidan  g‘oliblarni aniqlash maqsadida hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida tadbirkor xotin-qizlarning ko‘rgazmalari ko‘zdan kechirildi.

Xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov yuzlab ishbilarmon ayollarni kashf etib kelmoqda.  Bu yilgi ko‘rik-tanlovda ham yangi qiyofalar, yangi tashabbuskor, hunarmand va tadbirkor ayollarimiz ko‘pligiga amin bo‘ldik.

Bugungi ko‘rik-tanlovni Mustaqillik bayrami arafasida o‘tishi barchani quvontirdi. Tadbir davomida hamkor tashkilotlar mas’ullaridan tarkib topgan hakamlar hay’ati ishtirokchilarning faoliyatiga oid rolik, tegishli hujjatlar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng, har bir nomzod o‘zining ishlab chiqarayotgan mahsuloti, uning sifati, yaratgan ish o‘rni va sotuvi, eksport hajmi haqida ma’lumot berishdi. Hakamlar hay’ati esa ularni belgilangan nizom asosida odilona baholab borishdi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, ko‘rik tanlovning g‘oliblari aniqlandi.

Birinchi o‘rinni Bektemir tumanida  joylashgan 217 nafar ish o‘rni yaratgan,  tekstil maxsulotlarini ishlab chikarishga mo‘ljallangan “Azalium” MChJ rahbari Aziza Yusupova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Olmazor tumanida joylashgan “MISS FEDISHA” brendi bilan faoliyat yuritayotgan tadbirkor Umida Nuriddinova, uchinchi o‘rinni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan, har xil turdagi trikotaj maxsulotlarni, maxsus kiyimlarni tikishga mo‘ljallangan, Toshkent shahrida va Jizzax viloyatida o‘zining tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan “KAFTAN TEXTILE” MChJ rahbari Sanobar Tanabayeva egalladi.

G’olib bo‘lganlar partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar tadbirni bayramona kayfiyatda o‘tishini ta’minladi.

  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+