Istiqlol shukuhi Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otayotir

04.09.2023, 09:56

Istiqlol shukuhi Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otayotir

Istiqlol shodiyonasini vohadoshlarimiz intiqlik bilan kutadilar va shodu xurramlik bilan nishonlaydilar. Yangilanishlar, ulkan o‘zgarishlar davrida bu bayram o‘zgacha tarovat kasb etadi, uning shukuhi shodmon ko‘zlarda namoyon bo‘ladi.  Bayram arafasida viloyatimizda o‘nlab inshoatlar foydalanishga topshirildi. Joriy yilning o‘zida viloyatimizda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha Dasturga asosan 522,9 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 285 mlrd. so‘m yo‘naltirildi.  10 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 112 km suv tarmoqlari, 11ta suv inshooti, 40 km yo‘llar va 3 ta ko‘prik foydalanishga topshirildi. 154km umumfoydalanuvdagi, 1 694 km ichki xo‘jalik yo‘llari va 10dona ko‘priklarda 436,8mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Koson va Yakkabog‘ tumanlaridagi “Yangi O’zbekiston” massivlarida 704 xonadonli 32 ta ko‘pqavatli uy qurib bitkazildi.  Yil oxiriga qadar uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda 3116 ta xonadonni o‘zida mujassam etgan 101 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi yaunlanadi. Yillar mobaynida ijarama-ijara boshpana izlab yurgan minglab vohadoshlarimiz bugun o‘z uylariga ega bo‘lishib, istiqlolga yetkazganiga shukrona aytmoqdalar.

O’zLiDeP viloyat kengashi tomonidan xalqimiz ko‘z o‘ngida Yangi O’zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shon-shuxrati, islohotlar samarasi namoyon etish, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida yuksak saviyada nishonlash maqsadida keng ko‘lamda targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Partiyamiz deputatlari va faollarimiz davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada  o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyat, tuman, shahar kengashlari tashkilotchiligida, deputatlar va partiya faollari ishtirokida  yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati va "O’zbekiston-2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Ma’rifiy uchrashuvlarda bundan 32 yil muqaddam ota-bobolarimizning asriy orzusi ushalib, dunyo xaritasida O’zbekiston degan yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘lganligi, yurtdoshlarimiz o‘z ona tuprog‘i, yurt taqdiri va kelajagiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritganligi, mustaqillik tufayli ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklanganligini alohida e’tirof etilmoqda. Darhaqiqat, istiqlol sabab mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Ayniqsa, keyingi yetti yil mobaynida  mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ulug‘vor ishlar amalga oshirildi. O’qituvchi, shifokor va talabalar dala ishlaridan ozod bo‘ldi. Klaster tizimi yerlardan samarali foydalanishni dala mehnatkashlariga o‘rgatdi. Odamlar amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni ko‘rib, o‘z hayotlaridan mamnun holda umrguzaronlik qilmoqdalar.

Yetti yil unchalik ko‘p fursat emas. Ammo shu qisqa davrda  mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan hamohang holda davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish borasida ham tizimli ishlar bizning istiqbolimiz porloq ekanligini amalda isbotladi. Odamlar tafakkuri uyg‘ondi, nurli istiqbol ular qalbida yangi-yangi ishlarni amalga oshirishga da’vat etdi.   Barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Qishloq odamlari tomorqa mo‘l daromad manbai ekanligini dildan his etib, har qarich yerdan unumli foydalana  boshladilar.

  Oldimizda Yangi O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda tub burilish va ulkan o‘zgarishlar davri turibdi. Biz endi yangicha fikrlashimiz, yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish uchun izlanishimiz talab etilmoqda. Chunki eskicha qarashlar, eskicha g‘oyalar bilan shiddati tez zamon bilan hamnafas yashab, faoliyat olib borib bo‘lmaydi.  Dunyoning qaysidir mintaqalarida notinchlik  hukmron. Qurolli mojarolar sabab savdo va investitsiya oqimlari, tovar va xizmatlar aylanishi izdan chiqmoqda. Oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash uchun yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, shamol energiyasi va tomchilatib sug‘orish uskunalaridan samarali foydalanishimiz kerak. Dunyo miqyosida iqlim o‘zgarmoqda, tabiiy boyliklar va suv resurslari taqchil bo‘lib, mamlakatni barqaror rivojlanishiga monelik qilayotgan murakkab  davrda zahmatkash xalqimiz  kuchi bilan barcha xavf-xatar va to‘siqlarni bartaraf eta olamiz.

Raqobat olamida yangicha fikrlamagan odamlar hech narsaga erisha olmaydi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangicha fikrlash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish orqali dadil bora olamiz. Nega deganda, bugungi keskin raqobat olamida kechagi mezon va yondashuvlar bilan rivojlanib bo‘lmaydi. Odamlar o‘zini o‘zgartirishi, tezkorlik va izlanishni odat qilishlari kerak. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan kelgusi yetti yilga mo‘ljallab ishlab chiqilgan strategik maqsadlarga erishish uchun yanada ko‘proq izlanishimiz, bor bilim va salohiyatimizni ishga solishimiz kerak.      

Darhaqiqat, mamlakatimizda yer osti va usti boyliklari bisyor. Ularni qayta ishlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish orqali mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltira olamiz. Bu borada bizga zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, til o‘rgangan, eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalarni mohirona boshqara oladigan yigit-qizlar tayanch va suyanch bo‘lishadi.

Fursatdan foydalanib, barcha partiyadoshlarimizni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan samimiy tabriklayman. Yangi O’zbekiston sari shaxdam qadam bilan odimlayotgan yurtdoshlarimizning ezgu ishlarida tangri yor, ajdodlar ruhi madadkor bo‘lishini tilayman. Yangi O’zbekistonning hurlik shodiyonasi barchamizga muborak bo‘lsin!

Arziqul SHEROV,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat

kengashi raisining birinchi

o‘rinbosari, apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+