Yuz maqsad yuzimizni yorug‘ qiladi

14.09.2023, 11:40

Yuz maqsad yuzimizni yorug‘ qiladi

Kuni kecha davlatimiz rahbari imzolagan “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni bir tadbirkor va xalqning oddiy vakili sifatida sinchiklab o‘qib, atroflicha tanishib chiqdim.

Bu ikki muhim hujjat mazmun-mohiyati keng, o‘ziga xos hayotiy dasturilamal ekani shundoqqina sezilib turibdi. Aytish mumkinki, ushbu farmon va qaror zamirida, avvalo, xalqimizning roziligini olish barobarida, yaqin olti yildan ko‘proq muddat ichida barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar sarhisobi va yaqin kelajakda, e’tibor beraylik, “erkin va farovon, qudratli Yangi O’zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash”dek oliy va ezgu maqsadlar yotganini anglash qiyin emas. Demak, “O’zbekiston–2030” deb nomlangan strategiya, chin ma’noda vaqti kelib, haqiqiy xalq strategiyasiga aylanishi shubhasiz. Chunki qabul qilingan bu hujjatlar Yangi O’zbekistonimizning taraqqiyot strategiyasini hayotga keng tatbiq etish jarayonida orttirilgan boy tajribalar va keng jamoatchilikning muhokamasi natijalari ekanligiga ham alohida urg‘u berilishi g‘oyatda muhimdir.

Biz Prezidentimiz imzolagan ushbu farmon va qarorda joriy yilning o‘zidayoq amalga oshirilishi qat’iy belgilab berilgan dolzarb vazifa hamda yo‘nalishlarni o‘zimiz mansub bo‘lgan O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollari va parlament quyi palatasidagi fraksiyamiz a’zolari ishtirokida kecha o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishda atroflicha muhokama qildik. Ta’kidlash kerakki, ilgari surilgan xalqchil g‘oyalar butun xalqimizning, qolaversa, bizning partiyamiz maqsadlariga hamohangligi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, davlat rahbari tomonidan alohida belgilab berilgan 100 maqsadning har birining ijrosi uchun barchamiz javobgarmiz. U qaysidir siyosiy kuch vakili bo‘ladimi, tadbirkor yo deputatmi, oddiy ishchi-xizmatchi yo ziyoli, kim bo‘lishimizdan qat’i nazar, ushbu maqsadlar xalqimizning farovon yashashi, hayotimizning to‘kis bo‘lishi va jahon hamjamiyatida o‘z munosib o‘rnimizni egallashimiz uchun mustahkam zamin bo‘ladi deb o‘ylayman.

Masalan, ushbu strategiyadan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar rivoji, shuningdek, barcha zamonaviy talablarga to‘liq javob bera oladigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, aholi uchun qulay ekologik muhitni yaratish, haq-huquqlarimizni adolatli himoya qiladigan qonunlar ijrosini ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz orzu qilgan jamiyatni barpo etishdek murakkab va mas’u liyatli masalalar o‘z aksini topgan.

Bugun ayonki, hayotning o‘zi oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Shunday bo‘lishi tabiiy. Negaki, mamlakatimiz ayni paytda rivojlanishning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Haqiqatan ham, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion taraqqiyot borasida mamlakatimizda muvaffaqiyatli islohotlar olib borilmoqda. “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili qisqa muddatda o‘zini oqlaganiga guvoh bo‘lyapmiz ham.

Xullas, “O’zbekiston–2030” strategiyasidan joy olgan dolzarb vazifalarni bajarish va odamlarni hayotdan, islohotlardan rozi qilishdek mashaqqatli burchimizni halol va vijdonan ado etishga barcha partiyad oshlarimni chorlab qolaman!

Ravshan FOZILOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi,

Xalq deputatlari  Toshkent shahar kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    66
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+