Ayol tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanayotgan shunday jamiyatda yashayotganimdan faxrlanaman

19.09.2023, 11:08

Ayol tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanayotgan shunday jamiyatda yashayotganimdan faxrlanaman

– Bugun fermerlarga keng imkoniyatlar yaratilgan yurtda yashayapmiz. Albatta, bu imkoniyatlardan biz ayollar ham foydalanib, yer bilan tillashib, elning dasturxonini to‘ldiradigan noz-ne’matlarni yetishtirishga harakat qilyapmiz. Shundaylardan biri menman. Bizning xo‘jalik 100 gektar maydonda asosan paxta va g‘alla yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Faqat bu bilan cheklanib qolmay, qo‘shimcha ravishda boshqa tarmoqlarni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Yana xo‘jaligimizda dukkakli ekinlardan mosh, loviya, guruch kabi mahsulotlar, issiqxonada sabzavotlardan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri ham yetishtirilib, ichki bozorga, shuningdek, xorijga eksport qilinmoqda. Yana mahalladagi ayollarni ish bilan ta’minlash uchun tikuvchilik sexini ishga tushirganmiz. Hozirda unda 12 nafar kishi mehnat qilmoqda. Umuman olganda, fermer xo‘jaligimizda jami 70 dan ortiq kishi ish bilan band.

O‘zLiDePning “Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan joy olganimdan judayam quvondim. Mendek bir qishloq ayolining mehnatini qadrlab, munosib baho berishgani o‘zgacha motivatsiya berdi. Ayol tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanayotgan shunday jamiyatda yashayotganimdan faxrlanaman.

Shoira TILOVOVA,

Muzrabot tumanidagi “Tilov hoji” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi raisi

  • Ko'rildi
    88
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+