“O’zbekiston – 2030” strategiyasi: xalqimiz kelajaginining yanada porloq bo‘lishi kafolatidir

21.09.2023, 17:19

“O’zbekiston – 2030” strategiyasi: xalqimiz kelajaginining yanada porloq bo‘lishi kafolatidir

Barchamizga ma’lumki, bugun O’zbekistonda hayotimizning barcha jabhalarida jonlanish, o‘sish, o‘zgarish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Har bir sohada ulkan yangilanishlar bo‘y ko‘rsatmoqda. Bunday tarixiy taraqqiyotga erishish o‘z-o‘zicha sodir bo‘lmaydi. Bu islohotlar zamirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mehnatlari mujassamdir.

Bundan yetti yil avval davlatimiz rahbari xalqimiz bilan bamaslahat “Harakatlar strategiyasi’’ni qabul qilgan edilar. O’tgan davr mobaynida ushbu strategiya asosida barcha sohalarda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Mazkur hujjat tom ma’noda, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini poydevori bo‘lib xizmat qildi. Prezidentimizning shu yil 11 sentyabrdagi farmonlari bilan tasdiqlangan “O’zbekiston – 2030” strategiyasi ham inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan islohotlarning tub maqsadlarini qamragan, ustuvor yo‘nalishlar o‘rin olgani bilan ham ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda keyingi yetti yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan mazkur hujjat shubhasiz, O’zbekiston xalqining adolatli taraqqiyot yo‘lida jipslashtiradi.

Hujjatda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va uning joylardagi deputatlik guruhlari zimmasida ham katta mas’uliyat yuklaydi. Strategiyaning har bir yo‘nalishini tahlil qiladigan bo‘lsak, inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, munosib turmush sharoiti bilan ta’minlash kabi ulkan maqsad va marralar ko‘zlanganini ko‘rishmiz mumkin.

Strategiyaning qishloq xo‘jaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqish borasida ham qator vazifalar va tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylanmoqda. Klaster tizimini joriy etilishi natijasida paxta, g‘alla hosildorligi 25-30 foizga, meva-sabzavot eksporti esa 2 barobarga oshdi, sohaga 5 milliard dollardan ortiq xususiy investitsiya kiritildi.

Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston – 2030” strategiyasida mazkur boshlangan islohotlar yana davom ettiriladi. Strategiyaning qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish masalasida ham qator tashbbuslar ko‘zda tutilgan.

Rahmatilla Kamolov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+