Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41

– Korxonamiz 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan jadal islohotlar hamda biz tadbirkorlarga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda kredit olib, faoliyatimizni kengaytirishga erishdik.
Bugungi kunga kelib, turli paypoqlarni chetga sotib, eksport hajmini oshiryapmiz. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Garlayn”, “Grenteks”, “Market Grupp” kabi korxonalari bilan yangi shartnomalar tuzib, eksportbop mahsulot hajmini sezilarli ravishda oshirishga erishdik.
Korxonamizda 98 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 19 nafar mavsumiy ishchi bor. Faoliyatimizni yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Dang‘ara tumanidagi “Sanam” MFY hududida yangi bino qurilayotir. Ushbu inshootning qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish qoldi, xolos. Asosiy ishlab chiqarish binosi ishga tushgandan so‘ng xotin-qizlar uchun yana 200 ta ish o‘rni ochiladi.
O‘zLiDeP tomonidan o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilishim menga va qadrdon jamoamga katta e’tibor, shu bilan birga, ulkan mas’uliyat, deb bilaman. Ushbu tanlovda qatnashish orqali bir qancha ishbilarmon, tashabbuskor ayollar bilan tanishdim, shuningdek, tadbirkorlik sohamni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim.
M. UMAROVA,
Dang‘ara tumanidagi
“BEKNUR CLASS” ma’suliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi
va “VODIY EXPO” MChJ rahbari,
“Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovi g‘olibi
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda
28.11.2023, 15:46
-
Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi
27.11.2023, 18:04
-
Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi
27.11.2023, 18:00
-
Xotin-qizlar mehnat qilayotgan tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan tanishildi
27.11.2023, 17:57
-
Ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda
27.11.2023, 11:16
Fikringizni qoldiring