Tajribali tadbirkor ayol Mamlakat Sodiqova talaba-yoshlarni faolllikka chorladi

04.10.2023, 14:23

Tajribali tadbirkor ayol Mamlakat Sodiqova talaba-yoshlarni faolllikka chorladi

Ayni kunlarda viloyatimiz oliy o‘quv yurtlarida talaba - yoshlarning mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O`zLiDeP Buxoro shahar Kengashi hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti hamkorligida ushbu oliy ta’lim muassasasida o‘tkazildi. 

Unda partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba- yoshlari ishtirok etdi.

Talaba yoshlar so‘z olgan O`zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tajribali tadbirkor ayol M.Sodiqova o‘z tanlagan sohasida dastlabki paytlarda duch kelgan qiyinchiliklari, mavjud muammolar va ularning yechimini izlab topish borasida say’- harakatlarga zoye ketmagani, bugungi kunda kelib barcha intilish va aniq maqsadlari o‘z kutilgan amaliy natijasini berayotganini tilga olib o‘tdi. Biror - bir muvaffaqiyatga mashaqqatli mehnat bilim yoki boy tajribasiz erishib bo‘lmaydi, - deya ta’kidladi M.Sodiqova

Institut talaba – yoshlariga M.Sodiqova bugungi kunda Buxoro shahridagi  "Zamin fruits trade", "Zamin Madad tayyorlov savdo", "Zamin shu’lasi" MChJlariga yetakchilik qilayotgani, shu bilan birga  u Oliy Majlis Senati huzuridagi huzuridagi “Tadbirkor ayollar” klubi rahbari sifatida ham izchil faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi. 

Uchrashuv davomida  “O’zbekiston- 2030” strategiyasi hamda ushbu muhim hujjatda o‘z ifodasini topgan 5 ta yo‘nalish va 100 ta maqsad bo‘yicha ham tegishli ma’lumotlar berildi.

  • Ko'rildi
    220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+