“Deputat va yoshlar” ushrashuvida talabalarning taklif va tashabbuslari o‘rganildi

11.10.2023, 12:20

“Deputat va yoshlar” ushrashuvida talabalarning taklif va tashabbuslari o‘rganildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzulmalari bo‘limi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilishi universitetida “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatalari deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari va universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar “O’zbekiston – 2030” strategiyasidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar va 100 ta maqsadni mazmun-mohiyati va bu borada yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularning salmoqli o‘rni hamda O’zbekiston Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiya uchrashuvidagi nutqidagi qator tashabbuslar ilgari surilganini ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasining mazmun-mohiyati yoshlarga tushuntirib berildi.

“Mazkur loyiha yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb qilish, deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish, yoshlarga oid ishlab chiqilayotgan qonunlar loyihalariga yoshlar takliflarini olish tizimini shakllantirish va qabul qilingan qonunlarni chuqur o‘rganishni targ‘ib qilishdan iborat”, deydi O’zLiDeP Toshkent shahar kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzulmalari bo‘limi mudiri Dilnoza Bahodirovna.

  • Ko'rildi
    141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+