Xotin-qizlar doimo e’tiborda

18.10.2023, 17:28

Xotin-qizlar doimo e’tiborda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Toshkent shahar kengashi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi o‘zaro hamkorlikda “Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida xotin-qizlar ishtirokini faollashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Yashnobod tumanidagi  “O’ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida o‘tgan muloqotdan maqsad – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan ayollarni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida ishtirokini faollashtirishdir. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, Prezidentimizning “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini targ‘ib  etishdan iborat.

Tadbirni “O’ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Asqar Isoqov ochib berdi va tashkilotchi hamda ishtirokchilarning tashrifidan mamnunligini bildirdi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xo‘jayeva “Ayollar qanoti” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Parlament quyi palatasi deputati  Umidaxon Zokirova esa zikr etilgan hujjatlarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari qay darajada aks etganini so‘zladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati Nazira Israilova strategiyada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar barcha soha vakillari uchun yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tadbiq etish, islohotlarni jadallashtirishga ko‘maklashishda xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan “O’ztransgaz” AJ xodimlarining 10 nafariga a’zolik guvohnomalari topshirildi va shu yerning o‘zida yangi boshlang‘iya partiya tashkiloti tuzildi.  

OzLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+