Ishchi guruh vakillari Sirdaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganishda davom etmoqda

24.10.2023, 11:56

Ishchi guruh vakillari Sirdaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganishda davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, partiyaning Sirdaryo viloyat kengashi, mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhi vakillaridan iborat ishchi guruh jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida hududlarda ijtimoiy soha ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda.

Guruh a’zolari Guliston tumanidagi 4 va 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, mavsumia tayorgarlik holatini obdon ko‘zdan kechirishdi. Jumladan, ko‘mir, suv ta’minoti va yong‘inni o‘chirishga shayli, moddiy-texnik baza bilan tanishishdi. Ishchi-xizmatchilarga nafaqat ish, balki yashash joylarida ham isitish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik va mas’uliyatni unutmasliklari eslatildi.

Ular Oqoltin tumanidagi 8-maktabda hamda Shirin shahridagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lishdi. Mavjud kamchiliklar aniqlangach,  ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

O’rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi. Mavjud salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Endi ushbu masalalar tuman va shahar kengashlari sessiyalarida muhokama qilinadi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    126
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+