Ishchi guruh dehqon bozorlarida jamoatchilik nazoratini olib boryapti

26.10.2023, 17:24

Ishchi guruh dehqon bozorlarida jamoatchilik nazoratini olib boryapti

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash bo‘yicha joylarda partiya deputatlik guruhi vakillari, faol nuroniylardan iborat ishchi guruh jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida o‘rganishlar olib bormoqda.

Xususan, Ishchi guruh vakillari Konimex tumanidagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sun’iy ravishda oshirilishini oldini olish borasida o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan kuz-kish mavsumida xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taminlash maqsadida yaratilgan zahira bilan tanishildi.

O’rganishlar davomida xalq noiblari va jamotchilik vakillari tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik, mavjud narx-navo belgilangan bahoda bo‘lishi, shuningdek, gigiyena qoidalariga amal qilgan holda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish lozimligi bo‘yicha tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+