Partiya “Ayollar qanoti” loyihalari natijalariga to‘xtalib o‘tildi

27.10.2023, 16:46

Partiya “Ayollar qanoti” loyihalari natijalariga to‘xtalib o‘tildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jizzax tibbiyot texnikumida faoliyat olib borayotgan Boshlang‘ich partiya tashkilotida O‘zLiDeP tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Mazkur ta’lim muassasasida 95 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan quyi bo‘g‘in faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tajribali maslakdoshimiz Gulzoda Zuhurova yetakchiligidagi BPT faollari partiyaning siyosiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida alohida faolliklari bilan ajralib turishadi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida quyi bo‘g‘in a’zolariga deputatlar va partiya faollari tomonidan 20 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, jumladan “Ayollar qanoti” guruhi loyihalarining samaralari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Ayni kunlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadi, ulardan kutilayotgan natijalar, mazkur loyihalarni ommalashtirishda, quyi bo‘g‘in a’zolarining o‘rni to‘g‘risida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Ta’kidlash lozimki, partiyamiz tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan joylarda tashkil etilayotgan tadbirlarda O‘zLiDePning boshqa istiqbolli loyihalari ham keng targ‘ib qilinmoqda, ularning samaradorligini oshirish borasidagi fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilmoqda.

Abdukarim Isaxonov,

O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+