Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

27.10.2023, 16:53

Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

Shu kunlarda partiya ishchi guruhlari “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan nazorat tahlil tadbirlari, partiyaviy loyihalar doirasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, strategiyaning 25-bandi, ya’ni Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mavluda Xodjayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova va partiya hududiy kengashlari deputatlari, faollari Namangan shahridagi “Art soft xolding” klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Partiya vakillari korxona ishchi-xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, xotin-qizlarni, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish borasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar.

Muloqot jonli va samimiy ruhda kechdi. Ayollarni qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob berildi. Ular bugungi davra suhbatidan katta taassurot olganliklarini, O’zbekiston Liyebaral-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar. Shu joyning o‘zida korxona ishchilari partiya safiga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+