Ter to‘kib sochsang urug‘, yer seni qo‘ymas quruq
Shu kunlarda barcha hududlarda bog‘ va tokzorlar oralariga to‘qsonbosti ekinlarni ekish ishlar jadallik bilan davom etyapti. Tajribali dehqonlar faoliyati ommalashtirilib, ular ishtirokida turli seminarlar tashkil qilinmoqda.
O’zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Namangan viloyatida mavsumiy ekinlarni ekish ishlari bilan tanishyapti. Xususan, Namangan tumanidagi “O’zbekiston MMTP hududida qirq gektar maydonda “G’alaba” bog‘i barpo etib, ayni kunlarda ko‘chatlar orasiga qulupnay, sarimsoqpiyoz kabi sabzavot ekinlarini ekish, ularni parvarish qilish ishlari bilan tanishildi.
Partiya yetakchisi mirishkorlar bilan suhbatlashish jarayonida ularga bog‘lar orasiga ekilgan ekinlarni parvarishlash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
To‘raqo‘rg‘onliklar azaldan ta’mi tilni yoradigan uzumlari, giloslari bilan nom qozongan. “Sohilobod” MFY hududidagi tokzorlarda yetishtirilayotgan sarxil uzumlar ham bozorlarimizni, xalqimiz dasturxonini to‘kin-sochin qilmoqda. Bu yerda to‘plangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tumandagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqachilar vakillari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Unda Axtam Xaitov ishtirok etib, tokzorlar orasiga ekiladigan ismaloq, qulpnay va yana boshqa o‘ttiz turdagi sabzavot mahsulotlari ko‘chatlarini ekish yuzasidan tavsiya va maslahatlarini berdi. Shuningdek, seminarda dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, kreditlar ajratilishi haqida ma’lumotlar berildi.
Chustliklar nafaqat do‘ppisi, pichog‘i, balki meva-sabzavotlari bilan ham obro‘ qozonishgan. Partiya rahbari tumandagi olma yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan muloqotida ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratdi. Olma ko‘chatlari orasiga ekilgan rediska, lavlagi, sarimsoq piyoz kabi sabzavotlar parvarishi bilan qiziqdi. Bog‘bon va dehqonlarga bu borada o‘zining qimmatli maslahat va tavsiyalarini berdi.
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ham amaliy tusda kechdi.
Unda viloyatda bog‘-tokzor qator oralariga to‘qsonbosti va oziq-ovqat mahsulotlarini ekish ishlarining borishi muhokama qilindi. Qish va bahor mavsumida bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari savdosini uzluksiz davom etttirish, narx-navo barqarorligini saqlash, eksportbop mahsulotlar yetishtirish maqsadida bog‘-tok qator oralariga piyoz va sarimsoqpiyoz hamda “to‘qsonbosti” usulida sabzavot ekinlarini ekish, agrotexnika tadbirlarini o‘z muddatlarida o‘tkazish hamda ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
O'xshash yangiliklar
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari xalq manfaatlari yo‘lida
20.04.2024, 12:07
-
Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi
20.04.2024, 08:29
Fikringizni qoldiring