Xorazmda xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

13.11.2023, 16:57

Xorazmda xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan partiyaning Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Urganch shahrida “Sog‘lom tanda-sog‘lom aql!” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

“Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida tashkil qilingan musobaqada tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zarao bellashdilar. Musobaqa g‘oyat ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda har bir jamoa a’zolari birdamlik bilan g‘alaba uchun bellashdilar.

–Xotin-qizlarni sportga keng jalb etishda O‘zLiDeP tomonidan o‘tkazilayotgan sport musobaqalarining o‘rni benihoya katta bo‘lmoqda,  – deydi partiya viloyat Kengashining ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Muborak Jumaniyazova. – Chunki partiya tashabbusi bilan tashkil etiladigan har bir sport anjumanida jismoniy madaniyatni hamda sport bilan shug‘ullanishni xotin-qizlarning kundalik hayot tarziga aylantirish g‘oyasini singdirishga alohida e’tibor qaratilayapti. Bu esa xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Qizg‘in murosasiz kechgan bahslarda Urganch shahridan “Parvoz” jamoasi 3-o‘ringa, Hazorasp tumanidan “Lochin” jamoasi 2-o‘ringa, Urganch tumanidagi “Sheryuraklar” jamoasi esa 1-o‘ringa munosib deb topildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musharraf Rahimova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    129
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+